O‘zbekistonga Xitoyning Siyamen portidan Eronning Bandar-Abbos porti orqali tovarlar yetkazib berish boshlandi. Birinchi konteyner poyezdida mamlakatga maishiy texnika olib kelindi. Konteynerlar Eron portida temiryo‘l platformalariga ortilib, Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keldi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Eronning dengiz portlaridan samarali foydalanish hamda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon transport yo‘lagini rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting